12:14 / 28.08.2018
5 894

“Xalq banki” filiali mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi pulni talon-tаroj qilib yubordi

“Xalq banki” filiali mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi pulni talon-tаroj qilib yubordi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bergan xabarga koʻra, 2018 yilning 16 iyul kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan tergovoldi tekshiruv ishlari oʻtkazilgan.

Natijada, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali boshqaruvchisi B.A. oʻzining jinoiy sheriklari AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali bosh hisobchisi T.O. hamda AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassa mudiri O.E. bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassasida mavjud boʻlgan 409 mln 866 ming 394,53 soʻm zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yoʻlida ishlatib yuborib, mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-tаroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-tаroj qilish: juda koʻp miqdorda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Xalq banki” filiali mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi pulni talon-tаroj qilib yubordi