19:00 / 28.08.2018
3 620

“Telegram”dagi firibgar qoʻlga tushdi

“Telegram”dagi firibgar qoʻlga tushdi
Fuqaro R. telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali fuqaro M. bilan tanishib, oʻzaro suhbatlari davomida M. unga avtosalondan “Spark” rusumli avtomashina xarid qilmoqchi ekanligini aytadi. Shunda R. oson pul topishni rejalashtiradi va jinoiy niyatini amalga oshirishga kirishib, “shapka” berish orqali avtomashina olish uchun shartnomani tezroq ramiylashtirishni aytib fuqaro M.ni aldash yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritishni niyat qiladi.

Fuqaro R. 2018 yil 28 yanvar kuni fuqaro M.ni aldab, unga guyoki avtosalonda tanishi borligi, ushbu tanishi orqali Buxoro shahridagi avtosalondan “Spark” rusumli avtomashina sotib olish uchun tuziladigan shartnomani rasmiylashtirish va avtomashinani qisqa vaqtlarda olib berish mumkinligi, buning uchun tanishiga 400 AQSH dollari berishi lozimligini maʼlum qiladi.

M.ni bunga ishontirib va pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yoʻli bilan 2018 yilning 29 yanvar kuni Buxoro shahri Zafarobod koʻchasida M.dan 300 AQSH dollari olgan vaqtida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlanadi.

R.ni aybi jinoyat ishida toʻplangan va sud muhokamasida tekshirilgan dalillar, jumladan pullarga ishlov berish va ularni arizachiga topshirish haqidagi bayonnoma, diktofon taqdim etish, arizani tekshirish va koʻzdan kechirish bayonnomasi va unga ilova qilingan fotosuratlar bilan, R.ning iqrorlik arizasi, Buxoro viloyat IIB ekspert kriminalistika boʻlimining ekspert xulosasi va unga ilova qilingan fotosurat bilan hamda jinoyat ishida toʻplangan va sud majlisida muxokama qilingan boshqa ish hujjatlari bilan oʻz tasdigʻini toʻliq topgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudi tomonidan R. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi va 28, 211-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 59-moddasi tartibida unga tegishli jazo tayinlandi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Telegram”dagi firibgar qoʻlga tushdi