06:00 / 29.08.2018
3 573

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega borishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega borishi kutilmoqda
Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikiston hukumati OAVga tayangan holda Azon nashri xabar qilmoqda.

Sammitda 2019-2023 yillarda jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish boʻyicha davlatlararo dastur, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabrida Sochida boʻlib oʻtgan sammitda MDH raisligi Rossiyadan Tojikistonga oʻtgan edi. Dushanbedagi sammitda esa Tojikistondan Turkmanistonga oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega borishi kutilmoqda