21:14 / 29.08.2018
6 333

Afgʻonistonda terrorchilarga qoʻshilib qolgan termizlik ayol Oʻzbekistonga olib kelindi (video)

Afgʻonistonda terrorchilarga qoʻshilib qolgan termizlik ayol Oʻzbekistonga olib kelindi (video)
“Yoshlar” teleradiokanali va DXX hamkorligida “Yangi Davr” information dasturida 8 yil davomida chet ellarda sarson-sargardon boʻlgan Afgʻonistondan olib kelingan termizlik ayol Gulruxsor Hayitova haqida lavha efirga uzatildi, deb yozmoqda “Daryo” nashri.

«1988 yilda Termiz shahrida tugʻilgan Gulruxsor Hayitova turmush oʻrtogʻi 1987 yilda Termiz shahrida tugʻilgan Zohid Begimqulov bilan 2011 yilda ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketadi.

U yerda Zohid Begimqulov birga ishlagan tanishlari orqali Oʻzbekiston islom harakati terroristik tashkilotiga qoʻshilib qoladi. Shundan soʻng ikki nafar farzandi bilan Gulruxsor ham turmush oʻrtogʻiga ergashadi.

Koʻp oʻtmay buzgʻunchi qizlarning daʼvati va turmush oʻrtogʻining qistovi bilan Rossiya orqali Ozarbayjonga soʻng Eronga va u yerdan Pokistonga oʻtib, jangarilar safiga qoʻshiladi.

Biroq Pokiston va Afgʻoniston hududlaridagi jangarilik harakatlari va sargardonliklar er-u xotinni bir-biridan ayirdi. Aniqrogʻi 2012 yilning avgust oyida Zohid Begimqulov navbatdagi jangarilik harakatida ayanchli oʻlim topdi. Eri vafot etgach Gulruxsor Hayitova takror turmush qurishga majbur boʻladi va ikkinchi turmushidan yana ikki nafar farzand koʻradi.

Bir etak bola bilan sarson-sargardonlikda yurgan Gulruxsor Oʻzbekiston Respublikasi DXX hamda Afgʻonistonning Mozori-sharif shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligi bilan mamlakatimizga qaytarildi», — deyiladi lavhada.

“Afgʻonistonning Darzob degan joyida turardik. Oʻsha yerlardan kelyapmiz. Prezidentimizning kechirishini eshitdik, shuning uchun oʻz vatanimizga qaytdik”, – deydi Gulruxsor Hayitova.

Vataniga qaytayotgan Gulruxsor Hayitova biri Pokistonda, ikkinchisi Afgʻonistonda vafot etgan asli andijonlik er-xotin Farhod Botirbekov va Raʼno Hamroqulovalarning ikki nafar qizlarini ham oʻzi bilan birga olib keldi. Oʻtgan 8 yillik azob-uqubatlardan qutilgan Gulruxsor Hayitova boshidan kechirganlarini soʻzlab berdi.

“U yerda ISHID safiga oʻtdik. Ular sigʻdirmagandan keyin sarson-sargardonlikda qolib ketdik. Farzandlarim maktab nima, bogʻcha nima, ota-ona, qavm-qarindosh nimaligini koʻrgani yoʻq”, – deydi Gulruxsor Hayitova.

Gulruxsor Hayitovaga nisbatan qoʻllanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxat ehtiyot chorasiga oʻzgartirilib, u yaqinlari bagʻriga qaytarildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afgʻonistonda terrorchilarga qoʻshilib qolgan termizlik ayol Oʻzbekistonga olib kelindi (video)