08:30 / 30.08.2018
4 871

Jahongir Ortiqxoʻjayev: “Oʻzbekistondagi bankka 10 ming dollar qoʻyadigan xorijlik investorni quchoq ochib kutib olaman”

Jahongir Ortiqxoʻjayev: “Oʻzbekistondagi bankka 10 ming dollar qoʻyadigan xorijlik investorni quchoq ochib kutib olaman”
Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahriga investorlarni jalb qilish masalasi va prezidentning 15 avgust kuni qabul qilingan “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni muhokama etildi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimiyati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat Bojxona qoʻmitasi vakillari, jurnalistlar, ekspertlar ishtirok etishdi. Unda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Jahongir Ortiqxoʻjayev oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Oʻzbekistonga investitsiya kiritish niyatida boʻlgan xorij investori yurtimiz banklariga 10 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ qoʻysa, men oʻsha tadbirkorga faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beraman, muammosini hal qilishga amaliy yordam beraman”, deya hokimning soʻzlarini keltiradi “Kun.uz” muxbiri.

Shu bilan bir qatorda, hokim Toshkent shahrida qulay investitsion muhitni yaratish maqsadida qabul qilingan prezident farmoni, unda belgilangan vazifalar toʻgʻrisida ham aytib oʻtgan. Jumladan, investorlarni olib kelishda Toshkent shahar hokimiyatiga keng vakolatlar berilgan. Ushbu organ shahar hududida boʻsh yotgan yerlarni investorlarga rasmiylashtirish va xususiylashtirish vakolatiga ega boʻlgan. Endilikda, investorlar foydalanilmayotgan binolar, ularning bahosi va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlarni hokimiyatdan olishlari mumkin. Yaratilgan qulaylik investorlar oqimini kuchaytirishi kutilmoqda. Poytaxtda joriy etilgan tajriba oʻz samarasini bersa, boshqa viloyatlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

Sessiyada Ortiqxoʻjayev yana bir muhim masalalardan biri – daraxtlarning kesilishi boʻyicha aholi orasida uygʻongan norozilik kayfiyati haqida alohida toʻxtaldi.

“Hozirgi paytda daraxtlarning kesilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar oqimi yuzaga kelmoqda. Hukumat tomonidan daraxtlar kesilmoqda. Odamlar buni toʻgʻri tushunmay salbiy munosabat bildirishyapti. Ushbu harakatni amalga oshirilishiga bir qancha omillar sabab boʻlgan. Birinchidan, kasallangan daraxtlar kesilmoqda. Oʻrniga yangi, sogʻlom nihol ekilyapti. Ikkinchidan, daraxtlar kesilishiga sabab boʻlayotgan jihat – shahar aholisining koʻpayishidir. Demografik jarayon jadallashib ketayotgan bir paytda odamlarga turar joylar qurish kerak. Buning uchun yer ajratish kerak. Shu maqsadda daraxtlar kesilyapti. Vaziyat har tomonlama toʻgʻri tahlil qilinsa, oʻzaro tushunmovchiliklarga barham bergan boʻlardik”, degan shahar hokimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxoʻjayev: “Oʻzbekistondagi bankka 10 ming dollar qoʻyadigan xorijlik investorni quchoq ochib kutib olaman”