16:55 / 30.08.2018
13 606

Milliy gvardiyaga kontrakt asosida xizmatga qabul qilish tartibi belgilandi

Milliy gvardiyaga kontrakt asosida xizmatga qabul qilish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq, Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi va tanlovda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) va safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar, oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar, muqaddam oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar qatnashishi mumkin.

Tanlov yakka tartibda suhbat, harbiy-professional tanlash, tibbiy koʻrikdan iborat uch bosqichda amalga oshiriladi.

Nizomga muvofiq, nomzod boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

- Faxriy qorovul boʻlinmalariga — 185 santimetrdan past boʻlmasligi;

- Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past boʻlmasligi;

- boshqa barcha boʻlinmalarga — 180 santimetrdan past boʻlmasligi lozim.

Shuningdek harbiy-professional tanlash tadbirlari umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, individual-psixologik oʻrganish bosqichlarida amalga oshiriladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov boʻlib oʻtgan kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Individual-psixologik oʻrganish test shaklida amalga oshiriladi.

Test sinovlarini 2 oydan keyin qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda 1 yil davomida qayta topshirishlar soni 2 marotabadan oshmasligi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyaga kontrakt asosida xizmatga qabul qilish tartibi belgilandi