12:56 / 31.08.2018
5 652

Samarqanddagi suv omborida 300 tonna baliq nobud boʻldi (video)

Samarqanddagi suv omborida 300 tonna baliq nobud boʻldi (video)
Bir necha kun ichida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi “Qorasuv” suv omborida tonnalab baliqlar suvsizlikdan nobud boʻldi. Suv omborida sazan, belomor, chyorno-pyostraya, doʻng peshona kabi 5 turdagi baliqlar boʻlgan.

Yurtimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgan, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun davlat va hukumat rahbari tomonidan qator talablar qoʻyilayotgan boʻlishiga qaramay, ayrim hududlarda ularning xalq, jamiyat manfaati uchun qilayotgan harakatlari beeʼtibor qolmoqda. Aks holda 2 yil oldin ezgu niyatlar bilan “Qorasuv” suv omborida baliqchilikni boshlagan tadbirkor bugun boshi berk koʻchaga kirib qolmagan boʻlardi. Sababi unga na tuman hokimligi, na irrigatsiya tizimi xodimlari yordam berishni istamadi.

Siz tasvirda koʻrayotgan bu suv ombori 20 avgust kuni Samarqand viloyati hokimi aralashuvi bilan suvga toʻlgan. Ungacha esa, baliqlar tashnalikdan qirilib ketib boʻlgandi.

Payariq tumanidagi “Qorasuv” suv omboriga oʻtgan yili “Samarqandbaliqsanoat” MCHJ tomonidan 1 mln. dan ortiq baliq urugʻi tashlangan. Bu yil suv omboriga suv kelmay, qirgʻoqchilik boʻldi. Baliqchi Akmal Mamatqulovning aytishicha, suv muammosini bartaraf etishda yordam berishini soʻrab, murojaat qilmagan joyi qolmagan.

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavhada Payariq tumanida baliqlarning nobud boʻlishi bilan bogʻliq voqeadan xabardor boʻlgan tegishli tashkilotlar oʻz munosabatini bildirdi. Xullas, shuncha baliq nobud boʻlgach, suv omboriga suv keldi. Biroq, shunisi maʼlumki, oqar suvning tanqisligi, suvning toʻgʻri yoʻnaltirilmaganligi natijasida 300 tonna baliq nobud boʻldi.

Payariq tumanidagi “Qorasuv” suv omborida 300 tonna baliq suvsizlikdan nobud bo'ldi.

Опубликовано Zamon Понедельник, 27 августа 2018 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi suv omborida 300 tonna baliq nobud boʻldi (video)