10:05 / 31.08.2018
5 112

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi xotirlash marosimida ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi xotirlash marosimida ishtirok etdi (foto)
31 avgust - Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yoʻlida fido boʻlgan insonlarni xotirlash marosimi oʻtkazildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qurʼon tilovat etilib, qatagʻon qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

Davlat rahbari diniy ulamolar, taʼlim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni eʼzozlash, yoshlarni milliy gʻurur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolardek boʻlishga intilishni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun Oʻzbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy taʼlim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi xotirlash marosimida ishtirok etdi (foto)