22:20 / 01.09.2018
5 721

Alisher Usmonov: “Bugun hayotimdagi qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti” (video)

Alisher Usmonov: “Bugun hayotimdagi qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti” (video)
31 avgust kuni mamlakat tarixida birinchi marta chet elliklarga Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtgani xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Alisher Usmonovga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi. Shundan soʻng Alisher Usmonov nutq bilan chiqish qildi:

«Albatta, bugungi kun mening hayotimda juda ham ulugʻ va hayajonli boʻladi. Chunki Vatan rahbari bugun meni mana shunday yuksak nishon bilan taqdirladi. Qaysi soʻz bilan oʻz minnatdorchiligingni bildirishing mumkin — men bu soʻzni topishga ojizman.

Bugun mening hayotimdagi shuncha qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti. Va faqat mening hayotimdagi emas, balki butun oʻzbek xalqining umidi bugun sizning qoʻlingizga topshirilgan. Albatta, har bir oʻzbek oʻgʻlining bugungi majburiyati — qoʻlidan kelgancha, qoʻlidan kelishidan ham koʻproq yoningizda boʻlish.

Albatta, bu yoʻl juda ham qiyin va osonlikni hech kim bizga bermaydi. Ishonchim komilki, butun xalq shunday rahbar boshchiligida albatta rejalariga yetadi. Men oʻzim uchun, mana shu rejalarga yetishish uchun qilingan har bir harakatimni hayotimning mazmuni deb bilmoqchiman.

Sizga yana bir bor katta minnatdorchilik, oʻzingizga sihat-salomatlik, kuch, xalqimizga tinchlik, farovon hayot va, albatta, iqtisodiy boylik tilayman», - deydi Alisher Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov: “Bugun hayotimdagi qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti” (video)