00:06 / 02.09.2018
3 756

Yoʻnalishsiz taksilarni boshqarish uchun haydovchilik staji talab etiladimi?

Yoʻnalishsiz taksilarni boshqarish uchun haydovchilik staji talab etiladimi?
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarish uchun ham haydovchilik stajiga ega boʻlish talab etiladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.

Yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan yoʻl varaqasiga ega boʻlishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoʻnalishsiz taksilarni boshqarish uchun haydovchilik staji talab etiladimi?