15:28 / 02.09.2018
4 967

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gul qoʻydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Bu Shavkat Mirziyoyevning oʻz ustozi, mustaqilligimiz asoschisi boʻlgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi boʻldi”, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2 sentyabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.

Gul qoʻyish marosimida parlament va hukumat aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)