20:13 / 02.09.2018
5 488

Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi

Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirgʻizistonga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida oʻtadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyidagi safarlari shu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda.

Qisqa muddat ichida, yaʼni 2 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonga joʻnab ketadi. Soʻngra, 9-10 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi.

Toshkent 5 sentyabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. 13-14 sentyabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat tashrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toshkentda boʻlishi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi belgilangan.

Amalga oshirilgan tashriflar ichida Qozogʻistonga 6 marta borgan Shavkat Mirziyoyev shu paytgacha Rossiyaga 4 marta tashrif buyurgan. Shuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta tashrif amalga oshirilgan, bundan tashqari AQSH va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi