07:31 / 04.09.2018
4 306

Tojikiston poyezdlariga Oʻzbekistonning uchta shahrida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi

Tojikiston poyezdlariga Oʻzbekistonning uchta shahrida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi
“Tojikiston temir yoʻllari” kompaniyasiga Oʻzbekiston temir yoʻl stansiyalarida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi, deb yozadi Asia-Plusʻga tayanib Daryo nashri. Ruxsatnoma ikki mamlakat bosh vazirlarining iyul oyida Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida imzolangan bayonnoma asosida taqdim etildi.

Taʼkidlanishicha, endi Termiz, Qarshi va Samarqanddagi temir yoʻl stansiyalarida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish mumkin. Shuningdek, ushbu stansiyalarda Tojikistondan qatnaydigan yoʻlovchi poyezdlar uchun chiptalar sotiladi.

Taʼkidlanishicha, Dushanbe—Moskva—Dushanbe, Koʻlob—Moskva—Koʻlob va Xoʻjand—Moskva—Xoʻjand yoʻnalishlari boʻyicha qatnaydigan Tojikiston poyezdlariga Oʻzbekistondagi stansiyalardan chiptalar xarid qilganlar uchun chiptani sotib olish muddati va vagon turidan kelib chiqib, 10 dan 25 foizgacha chegirmalar koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston poyezdlariga Oʻzbekistonning uchta shahrida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi