07:57 / 04.09.2018
4 364

Mirziyoyev Xivani Turkiy kengashning poytaxtiga aylantirish taklifi bilan chiqdi

Mirziyoyev Xivani Turkiy kengashning poytaxtiga aylantirish taklifi bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qadimiy Xivani tashkilot poytaxtiga aylantirish taklifini berdi.

Shuningdek, Choʻlpon otadagi sammitda chiqish qilib, Oʻzbekiston ushbu tashkilotga toʻliq aʼzo sifatida kirishga tayyorligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ishi ishtirokchi davlatlar nufuzini oshirishga yordam beradi va dolzarb muammolarni hal etish uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, Mirziyoyev hamkasblarini investitsiyalar, savdo-iqtisodiy, taʼlim, sayyohlik va tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezident Qirgʻizistonga tashrifini yakunlagani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev Xivani Turkiy kengashning poytaxtiga aylantirish taklifi bilan chiqdi