13:26 / 04.09.2018
4 937

5,3 mln. dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtayotgan kuryerlar qoʻlga olindi (video)

5,3 mln. dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtayotgan kuryerlar qoʻlga olindi (video)
Prezidentning 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el valyutasi bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirishni va noqonuniy pul oʻtkazmalarini bartaraf etish boʻyicha izchil ishlar davom ettirilyapti.

“Oʻzbekiston 24” telekanali efirida berilgan lavhada aytilishicha, joriy yilning 27 avgustidan 28 avgustiga oʻtar kechasi Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan noqonuniy pul olib chiqib ketish kanallarini toʻxtatish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Natijada, Yangiqoʻrgʻon tumani Gaznon aholi punktining Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegara oldi hududida “Kobalt” va “Lasetti” avtomashinalariga yuklangan yirik miqdordagi xorijiy valyutani Qirgʻizistonga noqonuniy olib oʻtishni rejalashtirgan L.M., O.M. va N.M.dan iborat uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushlab qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori qariyb 5 mln 300 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Bu pullar Toshkent shahri, Qoʻqon shahri va Namangan viloyatida ish olib boruvchi yashirin iqtisodiyot vakillariga tegishli boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tergov boʻlimi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5,3 mln. dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtayotgan kuryerlar qoʻlga olindi (video)