15:28 / 04.09.2018
4 777

Oʻzbekistonda tilanchilik bilan shugʻullanganlar jamoat ishlariga yuboriladi yoki qamoqqa olinadi

Oʻzbekistonda tilanchilik bilan shugʻullanganlar jamoat ishlariga yuboriladi yoki qamoqqa olinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi joylashtirildi.

Jinoyat kodeksining 127-moddasiga quyidagi 1-qismni kiritish taklif qilinmoqda:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek, ularga tutash hududlar, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari oʻtadigan yoʻlning qatnov qismlari, madaniy va maʼnaviy meros obyektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida, yaʼni faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklarni soʻraydiganlar, xuddi shunday ish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng amalga oshirilsa, - 360 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki undan foydalangan holda, shuningdek, yoshi keksa, ruhiy xasta, nogironligi bor shaxslar, oʻzini nogiron qilib koʻrsatgan odamlar, yoki majburan narkotik va psixotrop moddalar, alkogol mahsulotlari isteʼmol qilgan, lekin aqliy faoliyatiga putur yetmagan shaxslar tomonidan xuddi shunday ish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng sodir etilsa, -

360 soatdan 480 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu harakatlar:

a) takroran, bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib yoki xavfli retsidivist tomonidan takroran sodir etilsa

b) bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib sodir etilsa;

v) majburan narkotik yoki psixotrop moddalarni qabul qilinishi taʼsirida sodir etilsa;

g) zoʻravonlik yoki zoʻravonlik bilan tahdid qilish orqali amalga oshirilsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188-moddasiga quyidagi 3-qism kiritilishi mumkin:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek, ularga tutash hududlar, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari oʻtadigan yoʻlning qatnov qismlari, madaniy va maʼnaviy meros obyektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida, yaʼni faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklarni soʻraydiganlar, xuddi shunday ish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng amalga oshirilsa, - eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 5 sutkagacha maʼmuriy qamoq bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki undan foydalangan holda, shuningdek, yoshi keksa, ruhiy xasta, nogironligi bor shaxslar, oʻzini nogiron qilib koʻrsatgan odamlar, yoki majburan narkotik va psixotrop moddalar, alkogol mahsulotlari isteʼmol qilgan, lekin aqliy faoliyatiga putur yetmagan shaxslar tomonidan xuddi shunday ish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng sodir etilsa,

- eng kam ish haqining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 5 sutkadan 10 sutkagacha maʼmuriy qamoq bilan jazolanadi.

Spirtli ichimliklarni, narkotik yoki psixotrop boʻlmagan, lekin intellektual-ruhiy faoliyatga taʼsir koʻrsatadigan moddalar yoki vositalarni isteʼmol qilishga majburlash bilan begona kishilarni tilanchilikka jalb qilish yoki ulardan foydalanish,

- eng kam ish haqining 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 10 sutkadan 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda tilanchilik bilan shugʻullanganlar jamoat ishlariga yuboriladi yoki qamoqqa olinadi