18:57 / 04.09.2018
4 861

YHXB xodimiga pora taklif qilish holati fosh etildi

YHXB xodimiga pora taklif qilish holati fosh etildi
Samarqand shahrida 1 sentyabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi rahbarlariga xabar berib, unda shu yil 31 avgust kuni Bulungʻur tumanida yashovchi D.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun YPX inspektorlari tomonidan toʻxtatilib, avtomashina vaqtincha jarima maydoniga qoʻyilganligini va fuqaro D.A. unga avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini maʼlum qilgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan 1 sentyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida D.A., xodimga xizmat xonasida 300 ming soʻm pulni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaro D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YHXB xodimiga pora taklif qilish holati fosh etildi