19:28 / 04.09.2018
4 333

Toshkentga kiraverishga art-obyektlar oʻrnatiladi

Toshkentga kiraverishga art-obyektlar oʻrnatiladi
Foto: IIBB axborot xizmati
Yaqin orada Termiz-Toshkent (M-39) trassasidan kirishda oʻzida poytaxtning mehmondoʻstligini aks ettiruvchi yangi art-obyektlar oʻrnatiladi.

IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, birinchi navbatda “Toshkent” yozuvi restavratsiya qilinadi. Ushbu yozuv oʻtgan asrning 60-yillarida qurilgan boʻlib, bugunga kelib asl koʻrinishini yoʻqotgan. Mozaika bilan bezalgan yodgorlik toshi ham anchadan buyon taʼmirga muhtoj holga kelib qolgan.

Toshkent shahar hokimligi va IIBBning tashabbusi bilan ishchi guruh tuzilib, unga tegishli mutaxassislar kiritildi va “tashrif qogʻozi”ning yangi loyihasi ishlab chiqildi. Ijodiy guruh gʻoyasiga koʻra, maxsus chiroqlar yordamida “Toshkent” soʻzi qorongʻi tunda ham yorqin koʻrinadi. Yozuv ortida metall konstruksiyalar paydo boʻladi, ularda ham chiroqlar boʻlib, konstruksiyalarda Toshkentning eng mashhur arxitektura majmualari va binolari silueti tushirilgan boʻladi.

Yodgorlik toshi qayta tiklanadi, uning atrofidagi maydon tartibga keltiriladi va yoʻl plitkalari paydo boʻladi.

Shuningdek, hududga dekorativ daraxtlar va gullar ekiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga kiraverishga art-obyektlar oʻrnatiladi