16:13 / 06.09.2018
5 896

Foydalanilmayotgan obyektlar boʻyicha prezident qarori qabul qilindi

Foydalanilmayotgan obyektlar boʻyicha prezident qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ilgari xususiylashtirilgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jadal jalb etish boʻyicha amaldagi mexanizmni mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qatʼi nazar, barcha toifadagi qurilishi tugallanmagan obyektlar, boʻsh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga nisbatan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilindi.

Qaror bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar;

tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy tarkibdagi ishchi guruhlar tuziladi.

Idoralararo komissiyalar rahbarlari etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, ishchi guruhlar rahbarlari etib tegishli tuman (shahar) hokimlari belgilandi.

Idoralararo komissiyalarga quyidagilar amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklatildi:

doimiy monitoring natijalariga koʻra tegishli hududdagi foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash va ularning roʻyxatlarini shakllantirish;

foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va investitsiya loyihalarini mulkdorlar bilan birga ishlab chiqish, shuningdek, ularni tasdiqlash;

foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash boʻyicha takliflarni taqdim etmagan yoki tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlamayotgan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash haqida xulosalar chiqarish;

davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar va tijorat banklari kreditlarini olishda koʻmaklashish.

2018 yil 15 sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:

a) davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlar oʻrnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan, ijaraga beriladi;

b) foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlari – yuridik shaxslarga quyidagi taʼsir choralari qoʻllaniladi:

soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashga oʻtkazish;

mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda toʻlash, 6 oy oʻtgandan soʻng – besh karra, 12 oy oʻtgandan soʻng va keyinchalik – oʻrnatilgan stavkaga nisbatan oʻn karra miqdorda toʻlashga oʻtkazish;

qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini toʻxtatish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Foydalanilmayotgan obyektlar boʻyicha prezident qarori qabul qilindi