20:14 / 06.09.2018
6 081

Ayol nima uchun bolasini tizzasiga oʻtqazib mashina boshqarganini izohladi (video)

Ayol nima uchun bolasini tizzasiga oʻtqazib mashina boshqarganini izohladi (video)
Kuni kecha Facebookʻda kichkina bolani tizzasiga oʻtkazib, mashina haydab ketayotgan ayol videosi internet foydalanuvchilarining tanqidiga uchrab, qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tizzasiga oʻtqazib, mashina boshqargan ayolga nisbatan choralar koʻrilishi haqida maʼlum qilgan edi.

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi ijodkorlari ushbu ayol bilan bogʻlandi.

Haydovchi Munojot Sadriddinova ushbu holatni shunday shunday izohladi:

— Shaxsiy avtomobilimda 8 yildan buyon harakatlanaman. Shu paytgacha yoʻl harakati qoidalarini buzmagan edim. Shunday vaziyat boʻldiki, 2 yeshu 3 oylik farzandim yigʻlab qoldi, Qoʻyliqdan Ibn-Sinogacha masofa uzoq boʻlgani uchun majbur boʻldim ona sifatida tizzamga oʻtqazib mashina boshqarishga. Bunday qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyganimdan pushaymonman, boshqa safar bunday yoʻl tutmayman.

Uning gapirgan soʻzlarini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol nima uchun bolasini tizzasiga oʻtqazib mashina boshqarganini izohladi (video)