13:26 / 07.09.2018
4 298

“Vunderkind shou telekoʻrsatuvi” – kuchlilarning bilim maydoni! (video)

“Vunderkind shou telekoʻrsatuvi” – kuchlilarning bilim maydoni! (video)
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda “MY5” telekanali tomonidan oʻtkazilayotgan “Vunderkind shou telekoʻrsatuvi” oʻz bilimiga ishongan maktab va kollej bitiruvchilarini “ring”ga chorlaydi.

“Vunderkind shou telekoʻrsatuvi” Oʻzbekistonning bilimli, kitobsevar yoshlariga oʻz isteʼdodlarini namoyish etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish va keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda tanlov shaklida oʻtkaziladi, tanlov “Mening yurtim” (My5) telekanali orqali efirga uzatiladi.

Endi bilimingiz sizga foyda keltiradi va millionlar sohibiga aylantiradi!

Aniq va ijtimoiy fanlar yoʻnalishidan birini tanlang, tengdoshlaringiz bilan bellashing va 50 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiriting!

Buning uchun 3 bosqichli tanlovdan oʻtishingiz kerak.

1-bosqichda “Vunderkind shou telekoʻrsatuvi”da qatnashish uchun ishtirokchilar kasting bilan 2ta yoʻnalish – aniq va ijtimoiy fanlar boʻyicha test asosida tanlab olinadi.

2-bosqichda bevosita kastingda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar “Vunderkind shou telekoʻrsatuvi”da 4ta shart asosida oʻzaro bellashadilar va koʻrsatuvning har bir sonida bir nafardan gʻolib ishtirokchi final bosqichiga yoʻl oladi. Va nihoyat, final bosqichida har ikki yoʻnalish boʻyicha jami 6 nafardan 12 ishtirokchi asosiy gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Final bosqichida har ikki yoʻnalish boʻyicha 1-oʻrinni olgan ishtirokchilarga 50 million soʻmdan pul mukofoti va sertifikat beriladi. 2- va 3-oʻrin sohiblariga qimmatbaho sovgʻalar va sertifikat beriladi.

Tanlov dovonlaridan oʻtishga ishonchingiz komilmi? Kuchli va bilimlimisiz? Aqlli millionerga aylanishni xohlaysizmi? Unda sizni “Vunderkind shou telekoʻrsatuvi”da kutamiz. Qatnashing va gʻolib boʻling! Oʻz bilimiga ishonganlarni bilim maydonida sinaymiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Vunderkind shou telekoʻrsatuvi” – kuchlilarning bilim maydoni! (video)