22:48 / 07.09.2018
4 520

Barcha OTMlarga masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi

Barcha OTMlarga masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi
Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrda “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan oliy taʼlim muassasalariga, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qatʼiy nazar masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 oktyabrga qadar mazkur muassasalarda masofaviy oʻqitishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Barcha OTMlarga masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi