10:57 / 08.09.2018
5 268

Samarqand Davlat universitetining yana bir poraxoʻr oʻqituvchisi qoʻlga tushdi

Samarqand Davlat universitetining yana bir poraxoʻr oʻqituvchisi qoʻlga tushdi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga A. G. ismli ayol murojaat etib, Samarqand Davlat universiteti muallimi Oʻtkir Oʻtanov ikki abituriyentni oʻqishga kiritib qoʻyishi uchun 12 ming dollar pora soʻraganini bayon qildi.

Xuddi shu shikoyat arizasi asosida ichki ishlar xodimlari tezkor tadbir tashkil etishdi. Natijada 1974 yili tugʻilgan, ikki farzandning otasi, Samarqand Davlat universiteti muallimi Oʻtkir Oʻtanov vaʼda qilingan 12000 dollar miqdoridagi porani qabul qilib olayotganda qoʻlga tushdi.

2016 yili ham xuddi shu universitetning dotsent, assistent hamda talabasidan iborat jinoiy guruh ikki abituriyentni oʻqishga joylash evaziga jami 16 ming dollar miqdorda pora olayotib qopqonga tushgandi. 2017 yili esa universitet fakultetlaridan birining dekani 23 ming dollar miqdoridagi pora bilan qoʻlga olingan.

Manba: Nuz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand Davlat universitetining yana bir poraxoʻr oʻqituvchisi qoʻlga tushdi