17:25 / 08.09.2018
4 194

Elektron toʻlov tizimi orqali 20 mln soʻmdan ziyod pulni oʻzlashtirgan shaxslar qoʻlga olindi

Elektron toʻlov tizimi orqali 20 mln soʻmdan ziyod pulni oʻzlashtirgan shaxslar qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Shu yil 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi L.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11 iyun kuni nomaʼlum shaxs uning nomiga “Ipoteka” bankidan ochilgan plastik kartochkasi hisobidan elektron toʻlov tizimi orqali 20 mln soʻmdan ziyod pulini yechib olganligini maʼlum qilgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Asaka shahrida yashovchi B.I. va akasi Gʻ.I. hamda Asaka tumanida yashovchi D.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron toʻlov tizimi orqali 20 mln soʻmdan ziyod pulni oʻzlashtirgan shaxslar qoʻlga olindi