22:30 / 08.09.2018
4 373

The Guardian nashri palovni “eng yaxshi koʻcha taomlari” roʻyxatiga kiritdi

The Guardian нашри паловни "энг яхши кўча таомлари" рўйхатига киритди
Britaniyaning The Guardian nashri oʻzbek palovini eng yaxshi koʻcha taomlari oʻnligiga kiritdi.

“Oʻzbekistonning qayerida boʻlmang, ochiq olovda tayyorlanadigan palov mamlakatning hamma joyida uchraydigan koʻcha taomiga oʻxshaydi. U asosan guruch, goʻsht va sabzavotlardan tayyorlanadi. Toshkentning markaziy oziq-ovqat bozorida yurar ekanmiz, uzun oʻrindiqda tushlik qilib oʻtirgan mehmondoʻst ishchilar bizga bu mazali taomdan totib koʻrishni taklif qilishdi. Mehmondoʻstlikning ajoyib namunasi”, - deyiladi maqolada.

Mazkur roʻyxatdan shuningdek, fransuzcha quymoq, rumincha boʻgʻirsoq, nepalcha lagʻmon, meksikancha baliq va bangkokcha choʻchqa goʻshti oʻrin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » The Guardian nashri palovni “eng yaxshi koʻcha taomlari” roʻyxatiga kiritdi