08:02 / 09.09.2018
8 743

Hamma bilib qoʻysin, eru xotin ham, yoshu qarilar ham, ota-onalar ham!

Hamma bilib qoʻysin, eru xotin ham, yoshu qarilar ham, ota-onalar ham!
Bolasini oilani buzishga buyurishga ota onaning haqqi yoʻq shariatda.

Haqqi yoʻq!

Haligi gap bu, Alloh taoloni arshini larzaga keltiradigan narsaga majburlashga ota onani haqqi yoʻq.

Kelin kuyov bir birini yaxshi koʻrib, birga yashaymiz deyaptimi, sharoit yaratib berish kerak.

Erkakni tarafi ham oʻgʻliga xotiningni taloq qil deyishga haqqi yoʻq, Ayolni tarafi qiziga shundan ajraysan, boʻlmasa bolam emassan deyishga haqqi yoʻq.

Bu shariatdagi sobit gap bu, bugungi sharoitdan kelib chiqib aytilayotgan gap emas.

Oʻsha qadimgi imomlardan, Imom Ahmaddan, Imomi Abu Hanifadan, ulardan oldingilardan, sobit boʻlib kelayotgan shariatni hukmi shu.

“Bola uchun xotinini, taloq qilish, ota onaga yaxshilik qilish doirasiga kirmaydi”– degan, hammalari.

Ota onani bolasiga oilangni buz deyishga haqqi yoʻq degan gap.

Ana ota ona, xotiningni taloq qil, oilangni buz desayu, bolasi yoʻq desa beodob boʻlmaydi, oq qilaman desa, oq qilishi oʻtmaydi.

Mana shu narsani hamma yaxshi bilishi kerak.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhni oldiga bir odam kelgan shunaqa deb, “Menga shunaqa, ota onam tarafdan tazyiq boʻlyapti, xotinimni qoʻyish toʻgʻrisida”, demak xotinini qoʻyvorish ota onasiga yaxshilik qilish doirasiga kirmaydi. Bitta mahmadona, ha Hazrati Umar roziyallohu anhu, oʻgʻliga aytganku Abdullohga, xotiningni taloq qil degan. Shunaqa hodisa boʻlgan, shunda Imom Ahmad ibn Hanbal aytganki, “Seni otang ham Hazrati Umardek boʻlganda aytadi” degan ekanlar .

Hazrati Umar mujtahid inson, Islom ummatini faxri boʻlgan inson, oʻsha kelinda shunaqa holat bor edi, shunga aytgan oʻgʻliga, shariat yuzasidan, oʻzini izzat nafsidan emas, oʻzini havoi nafsiga burib aytmagan u. U odam shariatni hukmini amalga oshirish uchun, oʻgʻli bilmagan narsani bilganidan shu gapni aytgan.

Hozirgilar shuni aytyaptimi? Shariatini ustun qoʻyyaptimi? Yoʻq, shariat eslarida yoʻq bularni, oʻzilarini havoi nafslari bor, kelin bechora yo kuyov bechora nimadir qilgan, bularni havoi nafsiga yoqmaydigan, shuning uchun oʻchini olmoqchi ular .

Bunaqa narsalar, mutlaqo mumkin emas.

Shuning uchun, xalqimiz, yoshlarimiz, qarilarimiz, hammamiz yaxshi bilishimiz kerak, ana oʻsha taloq masalasida demak juda ehtiyot boʻlishi kerak!

Issiq jon achchigʻi chiqar, urushar, urushsin, soʻkishsin, tepishsin, nima qilsa qilsin, taloqni aytmasin. Haligi gap, ertalab aytib qoʻyib, tushga borib yigʻlab yuripti, qanday qilib yarashaman deb. Shuningdek erkaklar gapini xotiniga oʻtkaza olmasa, palon qilmasang taloqsan, deyishmasin, boshqa ishlarni qilsin mayli, lekin oraga taloqni qoʻshishmasin. Ota onalar hammasi aqlini peshlasin, oʻzlari bosh boʻlib, bolalarini uylantirib qoʻygan, endi bugunga kelib ajrashasan, deyishmasin... Oʻzlarini havoi nafsini oʻrtaga qoʻyib, birga yashashni istab turgan bolalarini, bir biridan judo qilib, oilasini buzishga bosh boʻlishmasin bular...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hamma bilib qoʻysin, eru xotin ham, yoshu qarilar ham, ota-onalar ham!