12:57 / 09.09.2018
3 756

Oʻzbekistonda maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekistonda maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Darsliklarning nashr etish jarayoni notoʻgʻri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va oʻz vaqtida yetkazilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan, deb xabar qildi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot-xizmati.

"Oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2018-2019 oʻquv yilida 1-11 sinflarga moʻljallangan darsliklarning elektron shakllari www.eduportal.uz axborot-taʼlim portaliga joylashtirilgan.

Darslik mualliflari mutaxassislarning fikrlarini bilii va kelgusida darsliklarni takomillashtirish va yaxshilash maqsadida, ushbu portalda bosqichma-bosqich har bir darslik boʻyicha sharh berish imkoniyati beriladi", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, darsliklarni tayyorlash va joylarga yetkazish bilan bogʻliq vaziyatni tahlil qilganda, bir qator muammolar aniqlangan, jumladan darsliklarning nashr etish jarayoni notoʻgʻri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va oʻz vaqtida yetkazilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Shuningdek, mualliflar bilan ishlash va original darsliklarni tayyorlashdagi qiyinchiliklar, darsliklarni muddatida chop etilmaganligi tufayli, nashriyotlar bilan shartnoma muddatlarining uzaytirilishi, logistika muammolari ham darsliklarni oʻz vaqtida yetkazib berilishiga toʻsiq boʻlgan.

Shu munosabat bilan, oʻtgan oʻquv yilining boshiga qadar darsliklarning umumiy sonidan 47 %i yetkazilgan, qolgan qismi esa butun oʻquv yili davomida (may oyiga qadar) yetkazib berilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, oʻtgan davr mobaynida xalq taʼlimi vazirligining mutaxassislari darsliklarning belgilangan muddatda joylarga, jumladan, chekka hududlarga yetkazib berishni optimallashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar roʻyxatini ishlab chiqilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, muhim yutuqlarga erishilgan va bugungi kunda darsliklarning 94 %i taʼlim muassasalariga topshirilgan.

Taʼkidlanishicha, maktablardagi rejalashtirilgan oʻquvchilar soni va haqiqiy oʻquvchilar sonidagi farq tufayli, hozirgi kunda baʼzi bir darsliklarning maktablardan maktablarga yoʻnaltirish ishlari olib borilmoqda.

“Har kuni vazirlik mutaxassislari, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha ish olib borishmoqda. Shu munosabat bilan, darsliklarning yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishingizni soʻraymiz. Shuningdek, ularning elektron shaklidan chop etishingiz ham mumkin”, - deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmati yoʻlga qoʻyildi