11:27 / 09.09.2018
3 792

Oʻzbekiston TIV Bangkokda ushlab turilgan 4 nafar fuqaro masalasiga oʻz munosabatini bildirdi

Oʻzbekiston TIV Bangkokda ushlab turilgan 4 nafar fuqaro masalasiga oʻz munosabatini bildirdi
KUN.UZ saytida joriy yil 5 sentyabr kuni HY 533 reysi bilan Bangkokka sayohat qilish maqsadida uchib borgan 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi - Q.S, J.Q, A.I, A.A aeroport xodimlari tomonidan Tailandga kiritilmagani haqidagi maqola eʼlon qilingan edi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shu kunning oʻzida vaziyatni voqea joyining oʻzida oʻrganish va zarurat boʻlsa konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga borgan. Tailand immigratsiya xizmati boʻlinmasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, mazkur fuqarolarning mamlakatga kirishlariga rad javobi berilishiga ular tomonidan tashrif maqsadi, yashash joyi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning shubha tugʻdirgani sabab boʻlgan.

“Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona Oʻzbekiston fuqarolarini navbatdagi aviareys bilan Oʻzbekistonga qaytarish uchun Tailand tegishli hokimiyat organlari va «Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi», deyiladi TIV taqdim etgan maʼlumotda.

Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandida elchixonaning asosiy vazifa va funksiyalari koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini xalqaro huquq yoʻl qoʻygan doiralarda himoya qilishi lozim.

Shuningdek, mazkur bandda elchixona joylashgan davlatdagi shart-sharoitlar va voqealarni barcha qonuniy vositalar bilan aniqlashtirishi joizligi ham taʼkidlab oʻtilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston TIV Bangkokda ushlab turilgan 4 nafar fuqaro masalasiga oʻz munosabatini bildirdi