08:31 / 10.09.2018
4 457

Oʻzbekistonda kadrlar xizmatlari faoliyati tartibga solinadi

Oʻzbekistonda kadrlar xizmatlari faoliyati tartibga solinadi
Foto: Norma
Huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan koʻproq boʻlgan tashkilotlarda kadrlar ishi tartibini belgilovchi nizom loyihasi joylashtirildi, deb yozadi Daryo.

Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tuzilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan koʻproq boʻlgan tashkilotlar uchun amal qiladi.

Hujjatga muvofiq, xodimlar bilan ishlash boʻlinmalarini, shuningdek, ularning mutaxassislarini nomlash variantlari taklif etilmoqda. Boʻlinmalar “Kadrlar xizmati”, “Personalni rivojlantirish boʻlimi”, “Personal bilan ishlash xizmati” va h.k. deb nomlanishi mumkin. Xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis esa “Personalni rivojlantirish boʻyicha menejer”, “Kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis”, “Kadrlar boʻyicha inspektor” va h.k. deb atalishi mumkin.

Hujjatda kadrlar xizmatining vazifalari, huquqlari, masʼuliyat doirasi, tashkilotning boshqa boʻlinmalari bilan xizmat aloqalari keltirib oʻtilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda kadrlar xizmatlari faoliyati tartibga solinadi