18:47 / 10.09.2018
3 848

Oʻzbekistonda AQSH bilan ikki diplomli taʼlim paydo boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda AQSH bilan ikki diplomli taʼlim paydo boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston va AQSH ikki diplomli taʼlim dasturini ishga tushirishlari mumkin, bu haqda Oʻzbekiston telekanalining “Tahlilnoma” dasturida aytilgan.

Amerika universitetlari konsorsiumi (ACU) Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni, shu jumladan, talabalar almashinuv dasturlari va ikki diplomli taʼlim orqali hamkorlik qilishga tayyor turibdi.

Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi, agronomiya va oʻsimlikshunoslik, biznes boshqaruvi hamda kompyuter injiniringi, pedagogik faoliyat sohalarida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Interlik” til markazlari Oʻzbekiston Jahon tillari davlat universiteti bilan kelishuvga erishish niyatida. Bu dastur Oʻzbekistondan boʻlgan talabalarni oʻqitish va oʻquv dasturlarini birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda AQSHning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik taʼlim loyihasi yoʻlga qoʻyilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda AQSH bilan ikki diplomli taʼlim paydo boʻlishi mumkin