06:30 / 11.09.2018
5 986

Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?

Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonuniga asosan ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, ularning ijtimoiy taʼminlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan ish stajiga ega boʻlmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni taʼminlashga majbur boʻlgan boshqa shaxslar boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?