09:57 / 11.09.2018
7 347

Toshkent viloyatida ommaviy ravishda choʻchqa boqilmoqda (video)

Toshkent viloyatida ommaviy ravishda choʻchqa boqilmoqda (video)
Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Akmal Ikromov va boshqa qoʻshni posyolkalarida choʻchqa boqilayotgani aholi noroziligiga sabab boʻlayotgani haqida “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Xabar qilinishicha, bu yerda 280 ta dala hovli mavjud. Aholi asosan bogʻdorchilik, uzumchilik bilan shugʻullanishi lozim. Baʼzida esa chorva mollarini belgilangan holda boqishga ruxsat etiladi.

Aholining murojaat qilishiga atrofga tarqalgan badboʻy hid sabab boʻlgan. Bu yerda yashovchilarning qariyb 90 foizi choʻchqa boqish bilan shugʻullanadi. Mazkur holatlar yuzasidan tayyorlangan videolavhani ushbu HAVOLA orqali koʻrishingiz mumkin.

Mazkur masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi va bir qator mutassaddi tashkilotlar ishtirokida oʻrganish ishlari olib borilgan va ushbu dala hovlilarda 42,6 gektar maydon oʻz boshimchalik bilan egallangan yer maydoni, 189 ta norasmiy chiqindixonalar borligi va ular oʻta antisanitar holatdaligi, noqonuniy boqilayotgan hayvonlarning axlat yigʻindilari toʻgʻridan toʻgʻri ochiq maydonlarga oqizib yuborilayotganligi holatlari kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida ommaviy ravishda choʻchqa boqilmoqda (video)