11:07 / 11.09.2018
8 461

Yunusobod tumani hokimi katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi (foto)

Yunusobod tumani hokimi katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi (foto)
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qoʻlga olindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan. Yunusobod tumani hokimi ushbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etishni vaʼda qilgan.

Pora bilan ushlangan voqea ishtirokchilari bir necha kishi ekani aytilmoqda.

Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda tugʻilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan.

Turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari hamda Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi sifatida ishlagan.

U 2017 yilning 11 aprel kunida prezident rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor chogʻida hayfsan olgan, bir hafta oʻtib, tuman hokimligiga tushirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumani hokimi katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi (foto)