13:41 / 12.09.2018
3 801

Kanat Bozumbayev: “Qozogʻiston Oʻzbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim”

Kanat Bozumbayev: “Qozogʻiston Oʻzbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim”
Qozogʻiston bozorda mahsulot keragidan ortiq darajada toʻplanib qolmasligi uchun oktyabr-noyabr oylarida benzin eksportini boshlashi juda muhim, dedi respublika energetika vaziri Kanat Bozumbayev. Bu haqda TASS axborot agentligiga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda.

Avvalroq “KazMunayGaz” milliy kompaniyasi boshqaruv raisining joʻnatish, qayta ishlash va marketing boʻyicha oʻrinbosari Daniyar Tiyesov Qozogʻiston kuzdan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni boshlashni koʻzlaganini, yil yakunlari boʻyicha 400 ming tonnagacha yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, 2019 yildan benzin eksporti hajmi 1-1,2 mln tonnaga yetkazilishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Bozumbayev Qozogʻiston ilgari Rossiyadan benzinni bojxona toʻlovisiz keltirganini eslatib oʻtdi.

“Buning evaziga reeksport bilan shugʻullanmaslik uchun Rossiya oldida benzinni eksport qilmaslik majburiyatini olganmiz”, - dedi vazir.

Energetika vazirining bildirishicha, bugungi kunda respublikada benzin profitsiti vujudga kelgan boʻlib, bu uning narxi tushishiga olib kelgan.

“Zavodlarni modernizatsiya qilish amalda deyarli yakuniga yetdi, Chimkent neftni qayta ishlash shu kunlarda zavodida katalitik kreking ishga tushadi.

Bizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish oshadi. Shunga muvofiq, benzin koʻpayadi. Shuning uchun oktyabr-noyabr oylarida benzin eksportini oshirish juda muhim sanaladi yoki bu qurilmani yana toʻxtatishimizga toʻgʻri keladi”, - dedi Bozumbayev.

Avvalroq u Qozogʻiston Rossiya bilan benzin eksportini boshlash uchun ikki tomonlama kelishuvga oʻzgartirishlar kiritish ustida ish olib borilayotganini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kanat Bozumbayev: “Qozogʻiston Oʻzbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim”