16:55 / 12.09.2018
4 960

Oʻzbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi maʼlum qilindi

Oʻzbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda ilk pulli avtomobil trassasi Toshkent va Samarqand oʻrtasidagi masofani ikki soatga qisqartiradi.

Yaqinda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov boshchiligida Turkiyaning Cengiz – Kolin — Kalyon kompaniyalar konsorsiumi bilan birinchi ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralarda davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida “Toshkent – Samarqand” yoʻnalishi boʻylab yoʻl qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

Maʼlumot uchun, mazkur tashabbus turk investorlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar portfelidan joy olgan boʻlib, Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdogʻanning shu yil yurtimizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chogʻida imzolangandi.

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston tomonidan rasmiy sherik sifatida ishga kirishadi.

Loyihani ishlab chiqishda magistralni yashash hududlaridan uzoqroqdan olib oʻtish, yaylov va qishloq xoʻjaligi hududlari hamda atrof muhitga minimal taʼsir qilishni inobatga olish masalasi ham koʻrib chiqildi.

Bunyodkorlik ishlarini 2019-2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistondagi ilk pulli trassa qayerda qurilishi maʼlum qilindi