00:17 / 13.09.2018
4 727

“Adolatjon, marhabo xush kelibsan”. Hikmatulla qori sud zalidan ozod etildi (video)

“Adolatjon, marhabo xush kelibsan”. Hikmatulla qori sud zalidan ozod etildi (video)
12 sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasida raislik etuvchi B.Alimov, sudyalar Z.Nurmatov va M.Turgunovalardan iborat tarkibda xorazmlik imom Hikmatulla Yusupov ishi boʻyicha ajrimni eʼlon qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Sudya Alimov jinoyat ishini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqqach, Yusupovga nisbatan eʼlon qilingan OʻzR JK bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni Yusupov amalga oshirmaganini taʼkidladi.

Sudya Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 3 qismiga koʻra, sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmagan Hikmatulla Yusupovni aybsiz deb topdi va reabilitatsiya etilishini maʼlum qildi.

“Adolatjon, marhabo xush kelibsan, Kel nega gʻussa-gʻamda tik turibsan?”, deya Hikmatulla qori oʻziga berilgan soʻnggi soʻz uchun imkoniyatdan foydalandi va bitgan sheʼrini oʻqib eshittirdi.

Hikmatulla Yusupov shu onda ozodlikka chiqarilib, unga nisbatan oqlov eʼlon qilindi. Quyidagi lavha orqali imomning sud majlisida bildirgan soʻnggi soʻzlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 1993 yildan buyon Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda ishlab kelgan Hikmatulla Yusupov Xorazm viloyati MXX xodimlari tazyiqi ostida mudhish jinoyatlarda ayblangandi. Xorazm viloyati MXXning diniy masalalar boʻyicha “kuratori” Mahmud Ermetov va Hikmatulla qori oʻrtasidagi ziddiyat, Yusupovning qamalishi bilan yakunlandi.

Yusupov sud zalida ish boshlanishini kutmoqda
Masjid imomi vazifasida ishlab kelgan Hikmatulla qori goʻyoki, ayol kishiga shilqimlik qilgani uchun MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 2015 yil 21 aprel kuni 15 sutka, 6 may kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Urganch tuman sudining sudyasi Hayitboyev qarori bilan yana 15 sutka qamoq jazosini oʻtashga majbur boʻlgan. Shundan soʻng, u Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan va 13 yilga qamoqqa “tashlandi”. Keyinchalik, Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi 13 yillik qamoq jazosi ortida MXXning ayrim xodimlari turganini aniqladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi esa imom ishi doirasida barcha sud qarorlarini bekor qilinishini soʻrab, Oliy sudga protest kiritgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Adolatjon, marhabo xush kelibsan”. Hikmatulla qori sud zalidan ozod etildi (video)