12:53 / 13.09.2018
3 777

Buxoroda har biri 50 kg tosh bosadigan qovoqlar yetishtirilmoqda

Buxoroda har biri 50 kg tosh bosadigan qovoqlar yetishtirilmoqda
Buxoroda boʻlib oʻtgan xalqaro forum ishtirokchilari Buxoro tumanidagi “Madaniyat, Muhammad, Ismat” fermer xoʻjaligida boʻlishganida bu yerda yetishtirilayotgan shirin-shakar qovunlar, asaldek totli uzumlar, olxoʻrilar va har biri ellik kilogrammgacha tosh bosadigan oshqovoqni koʻrib chinakamiga hayratda qoldilar, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

“Yeringiz jannatning bir boʻlagi. Bizda ayniqsa, Buxoro olusi juda qadrlanadi.Juda mazali. Biz meva-cheva eksporti boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan mamnunmiz”, - deydi Eronning “Delta grupp” kompaniyasi vakili Said Abbos Karbosiy.

Ikki kun davom etgan forum davomida AQSH, Hindiston, Belgiya, Fransiya,Turkiya, Eron, Singapur, Isroil singari qator davlatlarning 120 dan ziyod kompaniyalari vakillari “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar, ularga sarmoya kiritish, hamkorlikda zamonaviy issiqxonalar barpo etish, ular uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahsulotni eksportga yoʻnaltirish kabi maqsadlar koʻzda tutilgan shartnomalar imzoladilar.

Forum Prezidentimiz tomonidan shu yilning 10 iyulida qabul qilingan “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda har biri 50 kg tosh bosadigan qovoqlar yetishtirilmoqda