13:54 / 13.09.2018
6 350

Oʻzbekistonlik taniqli fotograf va jahon chempioni turmush qurishdi! (foto)

Oʻzbekistonlik taniqli fotograf va jahon chempioni turmush qurishdi! (foto)
Toshkentda txekvondochi Dmitriy Shokin va fotograf Evelina Usmonovaning nikoh marosimi boʻlib oʻtdi.

Ikki yosh tantanali kechani “Crystal Garden” maskanida nishonladi. Kelin nikoh marosimida ikki xil obrazda namoyon boʻldi. Dmitriy va Evelinani tabriklash uchun kelganlar orasida taniqli sportchilar, ogʻir atletikachi Ruslan Nurudinov va boksyor Murodjon Ahmadaliyevni koʻrish mumkin edi.

Dmitriy Shokin 2014 yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sovrindori boʻlgan. Dmitriy 2015 yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, jahon chempionidek sharafli nomga sazovor boʻldi. Dmitriy Shokin Oʻzbekistonlik txekvondo ustalari orasida birinchi boʻlib jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan. Dmitriy Shokin joriy yil Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida kumush medaliga sazovor boʻlgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik taniqli fotograf va jahon chempioni turmush qurishdi! (foto)