23:17 / 13.09.2018
4 324

Chilonzordagi yer osti quvuri portlab ketdi (foto)

Chilonzordagi yer osti quvuri portlab ketdi (foto)
Toshkent shahri, Chilonzor tumani hududida joylashgan Qatortol koʻchasida issiqlik suvi taʼminotining avtomobil yoʻli ostidan oʻtgan qismida portlash sodir boʻldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Hodisa taxminan soat 10:00 atrofida roʻy bergan.

Guvohlarning maʼlumot berishicha, yoʻl ostidagi suv quvuri kutilmaganda portlab ketishi oqibatida yoʻl qoplamasi jiddiy zararlangan, eng yaqin masofada turgan “Spark” avtomobili ham jiddiy ziyon koʻrgan. Shuningdek, atrofdagi yana bir necha avtomobilga turli darajada zarar yetgan.

“Qatortoldagi issiq suv portlab ketdi. Suv balandligi 30 metrgacha yuqoriga koʻtarildi. Kamida ikkita mashina zarar koʻrdi”, deya maʼlumot bergan guvohlardan biri.

Yana bir guvoh suv 4 qavatli uy balandligida yuqori oʻrlaganini aytgan.

Hodisa oqibatida yoʻlda tirbandlik yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi yer osti quvuri portlab ketdi (foto)