Kuni kecha Toshkent aeroportida yoʻlovchining chamadonidan 250 ming soʻm pul oʻgʻirlandi. Bu haqda Sevimli TV telekanalining Zamon dasturidagi lavhada aytiladi.
Dasturda aytilishicha, pulni aeroport xodimi oʻgʻirlagan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi tergovchisi Maqsuda Kamolovaning aytishicha, 2018 yilning 19 avgust kuni Islom Karimov xalqaro aeroporti Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi boshligʻiga ariza kelib tushgan. Arizaga koʻra, fuqaro A. 2018 yil 18 avgust kuni Toshkent - Buxoro aviareysi bilan Buxoro xalqaro aeroportiga borganligini, yuklarni qabul qilganida yuklar ichida 250 ming soʻm pullarning mavjud boʻlmaganligini va bu holat yuzasidan ularni topishda amaliy yordam koʻrsatishlikni soʻrab ariza yozgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida 250 ming soʻmlik miqdordagi pullar Toshkent xalqaro aeroporti 3-terminal texnik xodimi S. tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilinganligi, yaʼni oʻgʻirlanganligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?