Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijiy davlatlar rahbarlari orasidan birinchi boʻlib Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahardan tashqaridagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda BЕLTA maʼlumotiga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.
“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkentdan 90 km uzoqlikda, Chorvoq suv ombori yonida, gʻarbiy Tyan-Shanning etagida joylashgan. U dengiz sathidan 900 metr balandlikda qurilgan. Hududda bir nechta turar-joy inshootlari, vertolyot maydonchasi va bandargoh (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan joy) mavjud.
BЕLTA maʼlumotiga koʻra, bundan avval Shavkat Mirziyoyev “Qaynarsoy”ga xorijiy yetakchilarni taklif qilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha 19 hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda boʻlib oʻtgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq boʻlgan shartnoma va bitimlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi