09:27 / 15.09.2018
5 517

Jahongir Ortiqxoʻjayev senator etib saylandi

Jahongir Ortiqxoʻjayev senator etib saylandi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib saylandi.

Bugun, 14 sentyabr kuni soat 10.00da Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlarining qoʻshma majlisi oʻtkazildi.

Yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan saylov natijalariga koʻra, qoʻshma majlisda ishtirok etgan 331 deputatlardan 324 nafari yoqlab bergan ovozi bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi Jahongir Obidovich Ortiqxoʻjayev nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi.

Jahongir Obidovich Oliy Majlis Senatidagi poytaxt nomidan saylangan beshinchi senator sifatida faoliyat olib boradi.

Jahongir Ortiqxoʻjayev 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tugʻilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil “Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar “Artel Injiniring“ MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan.

2018 yil 26 aprel kuni Ortiqxoʻjayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxoʻjayev senator etib saylandi