08:30 / 16.09.2018
4 279

Oʻzbekistonda yangi aviakompaniya ochilishi mumkin

Oʻzbekistonda yangi aviakompaniya ochilishi mumkin
Kecha, 15 sentyabr kuni poytaxt hokimligida navbatdagi “Investorlar kuni”da INTER AVIASERVIS asoschisi Jahongir Fayzullayev Toshkentda yangi aviakompaniya ochish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ manbasida yozildi.

Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor koʻp yillar davomida avialaynerlar bozorini oʻrganib, chiptalarni sotish, parvozlar va yoʻnalishlar sonini oʻrganib chiqqan. Uning soʻzlariga koʻra, xorijiy kompaniyalar bilan A-320 va A-321 samolyotlari lizingi boʻyicha shartnomalar mavjud.

“Mazkur taklif bildirilgan tadbirda bu safar Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev ishtirok etgan. Ular taqdim etilgan 40 dan ortiq loyihalar bilan tanishib chiqishgan. Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obyektlari, xususan zamonaviy mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va koʻngil ochar maskanlar, koʻp qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarini barpo etishni koʻzda tutadi”, – deyiladi xabarda.

Yana shunisi maʼlumki, Jahongir Ortiqxoʻjayev aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirgan investor taklifini qoʻllab-quvvatlab hokimiyatdan barcha zarur koʻmak berilishini taʼkidlagan.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, uchrashuvda taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati 5 trillion soʻmdan ziyod boʻlib, ularning amalga oshirilishi 10 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydi. Tadbirda loyihalarning qariyb 90 foizi maʼqullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda yangi aviakompaniya ochilishi mumkin