10:58 / 16.09.2018
9 601

Boysun tumani hokimi muovini 100 dollar pora bilan qoʻlga tushdi

Boysun tumani hokimi muovini 100 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimi oʻrinbosari 100 dollar miqdorida pora olayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvaliga fuqarolar J.S. va X.P.larning murojaati yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Boysun tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A. fuqaro J.S.dan uning qarindoshi X.P.ning nomiga 0,30 ga lalmi yer uchastkasi ajratib berish evaziga 30 million soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Qoʻlga olingan S.A. yer ajratish boʻyicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatishi uchun hokimning oʻrinbosari M.Sh.ga 100 AQSH dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, mazkur jinoyatni fosh etishda faol ishtirok etishini maʼlum qilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining oʻrinbosari M.Sh. tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysun tumani hokimi muovini 100 dollar pora bilan qoʻlga tushdi