18:00 / 16.09.2018
5 884

Andijonda hokimlik xodimi 16 ming AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qoʻlga tushdi (video)

Andijonda hokimlik xodimi 16 ming AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qoʻlga tushdi (video)
Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Toʻxtamurod Qodirov firibgarlik qilib, tadbirkordan pul olayotgan paytida qoʻlga olindi. Bu haqida “Oʻzbekiston 24” xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Andijon shahrida joylashgan “Jahon bozori” savdo kompleksi hududidagi boʻsh turgan 60 kv.metr yer maydonidan foydalanish boʻyicha Andijon shahar hokimining farmoyishi chiqqani, kelgusida mazkur yer maydonini tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun ajratib berish va kerakli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy tadbirkordan 17500 AQSH dollari talab qilib, shundan 16000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergov oldi jarayoni va surishtiruvlarda Toʻxtamurod Qodirov bunday ishlarga oldin ham qoʻl urganligi aniqlandi. U ulgurji savdo bilan shugʻullanish uchun litsenziya berish evaziga boshqa bir tadbirkordan ham 300 AQSH dollar miqdorida pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda hokimlik xodimi 16 ming AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qoʻlga tushdi (video)