Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun 17 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi delegatsiyalari bilan birga Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Islom taraqqiyot banki rahbarining tashrifi doirasida “ITB guruhi kuni” konferensiyasi va 18-19 sentyabr kunlari Arab muvofiqlashtirish guruhi ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Oʻzbekiston tomonidan bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Suhrob Xolmurodov ishtirok etadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Oʻtgan yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida davlat rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi