10:53 / 18.09.2018
4 415

Samarqandda yuqori tezlikda harakatlanish mumkin boʻlgan “aqlli yoʻl” quriladi

Samarqandda yuqori tezlikda harakatlanish mumkin boʻlgan “aqlli yoʻl” quriladi
Samarqand viloyati hokimligida 17 sentyabr kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Koreya Respublikasining ATU.Co.ltd investitsion kompaniyasi bosh ijrochi direktori Park Chong Eok bilan uchrashdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi. Samarqandda ham bugungi kunda koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani va bu ishlar koʻlami yildan-yilga kengayayotgani qayd etildi.

E.Turdimov ATU.Co.ltd investitsion kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, kompaniyaning Samarqandda qurilish, chiqindini qayta ishlash va boshqa yoʻnalishlarga oid investitsion loyihalari qoʻllab-quvvatlanishini maʼlum qildi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimligi va Koreya Respublikasining ATU.Co.ltd investitsion kompaniyasi oʻrtasida “Urgut – Samarqand” asosiy yoʻlining “URGUT - M39 HIGHWAY” qismida qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga koʻra, Koreya kompaniyasi yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyatini beruvchi Urgut avtomobil yoʻlini quradi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etiladigan bu “aqlli yoʻl” “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi taraqqiyoti hamda hududning aholisi turmush tarzining oʻsishiga xizmat qiladi.

Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kelgusida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada keng koʻlamda davom ettirish imkonini berishini alohida qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yuqori tezlikda harakatlanish mumkin boʻlgan “aqlli yoʻl” quriladi