11:20 / 18.09.2018
5 094

Valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullangan yana bir uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullangan yana bir uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Fuqaro Sh. A. Navoiy viloyat IIB JQB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmasiga ariza bilan murojaat qilib, “Kurash” va “Shurik” laqabli shaxslar viloyat hududida noqonuniy ravishda valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullanayotganliklarini bildiradi. Bu haqda “Xalq soʻzi” nashri xabar bermoqda.

Navoiy shahri va Qiziltepa tumanida boʻlinma xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazilib, Qiziltepa tuman “Dehqon bozori” hududida valyuta qimmatliklari savdosi bilan noqonuniy ravishda savdo qilayotgan Toyirov Shuhrat Kurash oʻgʻli va Hamdamov Xurshid Jalolovich sakkiz ming AQSH dollarining har birini sakkiz ming soʻmdan, jami 64 million soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKsining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullangan yana bir uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi