12:43 / 18.09.2018
4 100

I yarim yillik: 10 mingga yaqin oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

I yarim yillik: 10 mingga yaqin oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
2018 yilning yanvar-iyun oylarida 10 mingga yaqin oʻzbekistonlik Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qoʻlga kiritdi. RF IIV statistika maʼlumotlari shundan dalolat bermoqda.

Shu yilning yanvar-iyun oylarida Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekistonning 2,2 million fuqarosi migratsion roʻyxatga kiritildi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,1 million oʻzbekistonlik mehnat faoliyati bilan shugʻullangan, 10 mingga yaqin kishi taʼlim muassasalarida oʻqigan va atigi 4 ming kishi mamlakatga sayyoh sifatida tashrif buyurgan.

Taʼkidlash joizki, 75 mingdan ziyod oʻzbekistonlik Rossiyada doimiy yashash uchun ruxsatnoma bilan yashagan, 10 ming kishi esa doimiy turar joy olish huquqiga ega boʻlishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » I yarim yillik: 10 mingga yaqin oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi