14:11 / 18.09.2018
3 819

Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan oʻtkaziladi

Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan oʻtkaziladi
Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi sinovdan oʻtkazish uchun Toshkentga elektrobusni taqdim etadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Avvalroq, hokimlik Toshkent shahar v.b. hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va “Belkommunmash” bosh direktori Vladimir Korol kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuv haqida xabar qilgan edi.

Vladimir Korolning taʼkidlashicha, elektrobus ekologik toza transport vositasi boʻlib, u 5−7 daqiqada zaryadlanadi. Elektrobus videokuzatuv tizimlari, GPS-navigatsiya va iqlim nazorati bilan jihozlangan.

“Oʻzbekiston prezidenti uchun kichik taqdimot oʻtkazdim. Men uning muqobil energiya manbalari haqida xabardorligi va bu sohada aniq rejalar haqida oʻylashidan qoyil qoldim”, — dedi “Belkommunmash” kompaniyasi rahbari.

Kompaniyaning elektrobusi innovatsion yoʻlovchi transport vositasidir. Shu bilan birga, u trolleybus va avtobusning afzalliklarini birlashtiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonga elektrobuslar olib kelinishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan oʻtkaziladi